Lingvistika

Ma'lumot mavjud emas.

Kafedra tarixi

1965-yili xorijiy tillardan malakali mutaxassislar tayyorlash maqsadida Qarshi davlat pedagogika institutida ingliz va nemis filologiyasi yo‘nalishlariga talabalar qabul qilina boshlandi. Ularga sifatli va yuksak saviyada bilim berish, respublikamiz janubida xorijiy tillar o‘qituvchilarining salohiyatni oshirish maqsadida 1967 yilda Chet tillari (ingliz va nemis tillari) kafedrasi tashkil topdi. 1967-1992 yillar davomida kafedrani filologiya fanlari nomzodi, dotsent Baxodir Samadov boshqargan. 1992-yildan Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi tashkil topgan va kafedrani filologiya fanlari nomzodi, dotsent Bobonazar O‘ralov, 1993-1995-yillarda filologiya fanlari nomzodi, dotsent Yo‘ldosh Temirov ustozlar boshqargan. 1995-2013-yillar davomida Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi mudiri etib filologiya fanlari nomzodi, dotsent Qiyomov Ro‘zi Elboboyevich tayinlandi. Keyinchalik ushbu kafedrani filologiya fanlari nomzodi, dotsent S. Egamberdiyev, filologiya fanlari nomzodi A. Aliqulov, A. Nazarov, P. Qurbonov, 2018-yildan Ingliz tili va adabiyoti kafedrasidan Lingvistika kafedrasi ajralib chiqdi va filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) M. Daniyeva kafedra mudiri etib tayinlandi. 2020-2025 yillar PhD, dotsent M.K.Omonova mazkur kafedra mudiri lavozimida ishlagan.
"Ilmiy ishlar Kafedra mudiri M.Omonovaning ""Improve your English through phrasal verbs"", ""Theoretical Phonetics""; katta o‘qituvchilar: G.Turayevaning ""Theoretical Grammar""; G.Ergashevaning ""English countrystudy""; R.Nekboyevaning ""Comparative typology""; N. Amirqulovaning ""Lexicology"" B.Latipovning “Paractical English Grammar”, U.Muhtorovaning “The Practise of reading and writing ”, S.Shodixonovning “История и культура стран первого иностранного языка”, O.Otamurodovaning “Language teaching methods and educational technologies” o‘quv qo‘llanmalari, bir qancha monografiyalar nashr etilgan. Tadqiqotchilar Kafedra mudiri M.Omonova MDLU professori Sheveleva Yevgeniya Olegovna rahbarligida ""Лингвокультурологические особенности полимодальности рекламного дискурса"" (DSc) , G.Turayeva QarDU dotsenti, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori A. Axmedov rahbarligida ""Ta’limga oid neologizmlarning leksik-semantik va derivatsion xususiyatlari"", G. Ergasheva SamDCHTI professori Sh. Safarov rahbarligida ""Predlojniye sochetaniya v pozitsii predikativa i ix sintaktiko-semanticheskiy analiz"" , R.Nekboyeva Qarshi davlat universiteti filologiya fanlari nomzodi, dotsent O.O‘rinova rahbarligida ""Ingliz va o‘zbek tillari maqollarida fitonim komponentli so‘zlarning semantik xususiyatlari"", N. Amirqulova NDU filologiya fanlari doktori, dotsent Q. D. To‘xtayeva rahbarligida ""Frazeologizmlar tarkibidagi qo‘shma so‘zlarning kognitiv-semantik xususiyatlari"", M. Nomozova TDSMU filologiya fanlari doktori, professor I.Yo‘ldoshev rahbarligida ""O‘zbek tilidagi inglizcha o‘zlashmalarning lingvistik tadqiqi"" mavzusida (PhD) ilmiy darajasini olish uchun ilmiy tadqiqot olib bormoqda."
BelDU, MDLU (Rossiya Federatsiyasi), Chanakkale O`n Sakkiz Mart universiteti (Turkiya), O‘zDJTU, O‘zMU, SamDCHTI, BuxDU, FarDU, AndDCHTI, NamDCHTI

Biz bilan bog‘lanish

Hamkorlik, takliflar va murojaat uchun

TOP