Fakultetlar

Xorijiy tillar fakulteti

Xorijiy tillar fakulteti

Qarshi davlat pedagogika institutida 1965 yilda xorijiy tillar bo‘yicha oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash maqsadida ingliz va nemis tili ixtisosligiga talabalar qabul qilindi va chet tillar bo‘limi tashkil etildi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim vazirligining 1968 yil 4 dekabrdagi 526-sonli buyrug‘iga muvofiq mazkur bo‘lim “Chet tillar” fakultetiga aylantirildi. Qarshi davlat pedagogika institutiga 1992 yilda Universitet maqomi berilishi munosabati bilan fakultet “Xorijiy tillar” fakulteti nomi bilan yuritila boshlandi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan Qarshi davlat universitetining yangi tuzilmasida (2011 yil) Roman-german filologiyasi, 2014 yil 30 iyunda universitet fakultetlari va kafedralari yangi tuzilmasi qayta tasdiqlanishi munosabati bilan universitet Ilmiy kengashining 8-iyuldagi qaroriga binoan Xorijiy tillar fakultetiga o‘zgartirildi. Qarshi davlat uninversitetining 2021 yil 3 noyabrdagi 646-X-sonli buyrug‘iga asosan “Xorijiy tillar” fakulteti ikkiga bo‘linib, “Roman-german filologiyasi” va “Ingliz filologiyasi” fakultetlari tashkil qilindi. Roman-german filologiyasi fakulteti xamda Ingliz filologiyasi fakulteti birlashishi munosabati bilan universitet Ilmiy kengashining 2023 yil 17 noyabrdagi 575 X-sonli qaroriga binoan Xorijiy tillar fakultetiga o‘zgartirildi. Xozirda “Xorijiy tillar” fakulteti sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.

Biz bilan bog‘lanish

Hamkorlik, takliflar va murojaat uchun

TOP