Fransuz tili va adabiyoti

Ma'lumot mavjud emas.

Kafedra tarixi

"Kafedra 5120100 – Filologiya va tillarni o‘qitish (fransuz tili), 2021-2022 o‘quv yilidan boshlab esa 60230100 – Filologiya va tillarni o‘qitish (fransuz tili) yo‘nalishi bo‘yicha kadrlar tayyorlaydi. 2021-2022 o‘quv yilidan boshlab magistratura yo‘nalishi ham tashkil etildi. Qarshi davlat universitetida 2001-2002 o‘quv yilidan boshlab “Fransuz tili” bo‘limi o‘z faoliyatini boshladi. 2014 yil fevral oyidan “Fransuz tili va adabiyoti” kafedrasi sifatida katta o‘qituvchi G.Qo‘shaeva rahbarligida qayta tashkil etildi. 2019 yildan buyon dotsent А.Zoirova kafedra mudiri sifatida faoliyat olib bormoqda. Kafedrada 3 nafar fan doktori, professor, 3 nafar PhD, dotsent va 2 nafar assistent o‘qituvchi faoliyat olib bormoqda. Ilmiy salohiyat – 60%. Kafedra professor-o‘qituvchilari o‘z ilmiy salohiyatlari va malakalarini oshirish ustida doimiy ish olib bormoqda. Ular turli yillarda respublikamiz va xorijiy davlatlar tomonidan eʼlon qilingan nufuzli tanlovlarda ishtirok etib grant sovrindorlari sifatida xorijiy mamlakatlarning yetakchi oliygohlarida o‘z malakalarini oshirganlar. Jumladan, G.Qo‘shaeva Xitoyning Shanxay universiteti va Germaniyaning Myugelze taʼlim markazida, K.Baratova Xitoyning Shanxay universitetida, T.Shermatova, H.Jo‘raqobilova, H.Hamzaevlar Fransiyaning IMEF institutida, А.Zoirova turli yillarda Fransiyaning la Roshel CEMEA o‘quv markazi, Bezanson CLА o‘quv markazi, Xitoyning Shenyan pedagogika universiteti, Fransiyaning Tur “Institut de Touraine” instituti, Nitsa “Cote d’Azur” universitetlarida o‘z malakalarini oshirib qaytdilar."

Biz bilan bog‘lanish

Hamkorlik, takliflar va murojaat uchun

TOP